Alisher Hamroyev: Turizmni rivojlantirish muhim vazifalarimizdan biridir
- 22.01.2019 11:01
- 56
- Sayohat
Toyloq tumanida “Murojaatnoma – mamlakatimiz taraqqiyotining dasturilamali” mavzuida o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Alisher Hamroyev shu haqda so‘z yuritdi.
- Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida turizmni rivojlantirish, unga investitsiyalar jalb qilish, ayniqsa, uning tarmoqlari hisoblangan tibbiyot turizmi, ziyorat turizmi va ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar berildi, - deydi A.Hamroyev. – Jannatmakon yurtimiz ham turizmni barcha sohalarini rivojlantirish uchun qulay iqlim sharoitiga, tarixiy ob’yektlariga, milliy qadriyatlariga ega ekanligi yutuqlarimizdan biridir.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Murojaatnomada e’tibor qaratilgan muhim jihatlar va ustuvor vazifalar xususida ma’lumot berildi.
Yolqin OQBO‘TAYEV.