Allergiyasi bor bemorlar COVID-19’ga qarshi vaksina olish mumkinmi?
- 10.05.2021 12:00
- 109
- COVID-19
Ushbu savolga allergolog Jasur Davlatov javob berdi:
— Allergik kasalliklarga chalingan bemorlarda bronxial astma yoki boshqa allergik kasalliklarni nazorat qilish mumkin bo‘lsa, emlash uchun qarshi ko‘rsatmalar mavjud emas. Nafasi qisilayotgan, burni oqib aksirayotgan, tanasi qichib toshma toshgan bemorlar emlanishi kechiktiriladi.
Yevropa allergologlar va klinik immunologlar akademiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, og‘ir allergik reaksiyalar, masalan, bronxial astma, ovqat allergiyasi, allergodermatoz COVID-19ga qarshi emlashga qarshi ko‘rsatma emas. Oilaviy anamnezida allergik reaksiyalar bo‘lgan bemorlarni ham emlash mumkin.
Faqatgina, allergik kasalliklarning avj olgan davri emlash uchun vaqtincha qarshi ko‘rsatma hisoblanadi. Emlashni allergiyaning o‘tkir simptomlari tugagandan keyin va avj olmasdan oldinroq olish maqsadga muvofiq.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa