Amalga oshmagan suiqasdlar

Tadqiqotchilar hisobiga ko‘ra, Uchinchi reyx yetakchisi Gitlerga qarshi uning tirikligida kamida 40 ta suiqasd uyushtirilgan.

Biroq puxta o‘ylanmagani tufayli ularning birortasi amalga oshmagan. Ayrimlarini misol tariqasida keltiramiz.  

Gitler vegetiran taomlarni ma’qul ko‘rgan. Buni bilganlar 1932 yil yanvarda unga qarshi suiqasd uyushtiradi. Berlinning “Kayzerxof“ otelidagi tushlikdan so‘ng Gitler o‘zini yomon his qila boshlaydi. Chunki uni salat bilan

o‘ldirishmoqchi bo‘lishgandi. Biroq aralashtirilgan zahar shunchalik oz ediki, u Gitlerni ichburug‘ qiladi, xolos. 

1938 yil noyabr oyida Germaniyaga Shveysariyadan dinshunos talaba Moris Bove keladi. U Gitlerni antixrist hisoblar, bu katolik cherkovga rahna soladi deb o‘ylardi. Talaba to‘pponcha bilan qurollanib, Myunxenga jo‘naydi. U bu yerda “Pivo g‘alayoni”ning bir yilligi sharafiga

o‘tkaziladigan marosimda Gitlerni otishi lozim edi. So‘nggi daqiqada Bove fikridan qaytadi: u o‘q Gitlerga tegmasa nima bo‘ladi, deb qo‘rqadi. Talaba uyiga qaytishga qaror qiladi, biroq puli qolmagandi. U poyezdda yashirinib Parij orqali Shveysariyaga o‘tib olmoqchi edi. Ammo chegarada qo‘lga tushadi. Bovedan to‘pponcha, Gitlerga yaqin borishi uchun berilgan soxta tavsiyanoma topilgan. Bove fyurerni o‘ldirmoqchi ekanligini tan oladi - u o‘lim jazosiga hukm qilinadi. 

Chekistlar Uchinchi reyx liderini o‘ldirishning original usulini ishlab chiqishadi. 1941 yilda nemis qo‘shinlari Moskvaga yaqin keladi. Sovet qo‘mondonligi taxminiga ko‘ra agar fashistlar SSSR poytaxtini egallasa, albatta birorta hashamatli binoda bayram qilishi mumkin edi. Bunday marosimga "Bolshoy teatr"dan brshqa maqbul joy topilmasdi. Chekistlar teatr yerto‘lasiga bir necha tonna portlovchi modda ko‘mishadi. Mabodo Gitlerchilar omadlari kelib g‘alabasini nishonlamoqchi bo‘lsa ularni kuli ko‘kka sovurilishi aniq edi. 

Biroq nemislarni Moskvadan uzoqroqqa uloqtirib tashlashga muvaffaq bo‘lindi. Portlovchi moddalar yig‘ishtirib olindi.

1944 yil martda Fyurerga navbatdagi suiqasd uyushtirildi.

“Markaz” armiyasi guruhi qo‘mondoni general-feldtarshal Ernst Bushning adyutanti, kapitan Fon Braytenbux Gitlerni oliy harbiy boshliqlari bilan

o‘tkazadigan kengashda

o‘ldirishi kerak edi. Fitnachilar rahbari general Xenning fon Treskov Braytenbuxga kiteli ostiga portlovchi qurol yashirib olishni taklif qiladi. U Gitler yaqin kelganida uni quchoqlashi va portlatib yuborishi zarur edi.

Biroq kapitan soqchilar uni diktatorga yaqin yo‘latmasligini aytib, taklifni rad etdi. 

Unda to‘pponchadan Gitlerning boshiga o‘q uzish kerak. Negaki, bronjilet kiygan bo‘lishi mumkin... Ammo hamma reja chippakka chiqdi. Boshqa adyutantlar kabi kapitanni ham kengash o‘tkaziladigan zalga qo‘yishmaydi. To‘pponcha shimga qistirilgan edi. Bir payt u sirg‘alib oyoq ostiga tushadi. Braytenbux egilib qurolni olmoqchi bo‘lganida to‘satdan otilib ketadi... 

Fyurerning bashorati ro‘yobga chiqdi: u begona qo‘lda halok bo‘lmadi.

T.Shomurodov tayyorladi.