Amerikalik basketbolchi Maykl Jordan “Nayk” kompaniyasidan qancha pul oladi?
🔹 Dunyo aholisining 70 foizidan ko‘prog‘i hech qachon telefon qo‘ng‘irog‘ini eshitmagan. Afrikada har 40 kishining bittasida telefon bor.
🔹 Bugungi kunga qadar zarb etilgan eng og‘ir tanga Kanada banki tomonidan chiqarilgan 1 million dollarlik oltin tanga bo‘ldi: 100 kilogramm vaznga ega oltin tanganing diametri 50,8, qalinligi esa 2,54 santimetrni tashkil etadi.
🔹 Garchi hamma odamlar rangli tushlar ko‘rsa-da, Yer yuzidagi odamlarning 10 foizi kechalari tushida ko‘rgan ranglarni eslay olmaydi.
🔹 Bir yilda inson qovurg‘alari 5 million atrofidagi harakatni amalga oshiradi.
🔹 Yil davomidagi ba’zi kunlarda «Apple» kompaniyasi hisob-raqamlaridagi mablag‘ Amerika hukumati hisob-raqamlariga qaraganda ko‘proq bo‘lgan davrlar bo‘lib turadi.
🔹 Dunyodagi odamlarning atigi 7 foizi chap qo‘ldir.
🔹 Limon tarkibida qulupnayga qaraganda ko‘proq shakar bor.
🔹 Tuyaqushning ko‘zi uning miyasiga qaraganda kattaroq.
🔹 Amerikalik basketbolchi Maykl Jordan har yili “Nayk” kompaniyasidan uning Malayziyadagi fabrikalaridagi ishchilar bir yil davomida oladigan ish haqidan ko‘ra ko‘proq pul oladi.
🔹 Azov dunyodagi eng sayoz dengiz hisoblanadi. Uning maksimal chuqurligi 13,5 metrni tashkil qiladi.
🔹 Olimlar eng aqlli bolalar sentyabr oyida tug‘ilishini isbotladilar.
🔹 Dunyodagi eng ekstremal plyaj Sen-Marten orolidagi Maxo plyajidir. Orolning kichikligi sababli undagi plyaj xalqaro aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagining boshida joylashgan. Natijada qo‘nish laynerlari dam oluvchilarning boshi ustidan 10-20 metr balandlikda uchib o‘tishadi.
🔹 Ko‘pincha reklama rasmlarida, shu jumladan gazetadagi e’lonlarda soat vaqti 10:10 ko‘rsatiladi. Soat millarining bunday joylashishi tabassum bilan bog‘liq bo‘lib, bu kishiga ijobiy kayfiyatni yaratadi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.