“Amir Temur oyligi”da faol qatnashing

Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Samarqand shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tomonidan aprel oyi davomida “Amir Temur oyligi” doirasida quyidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi:

🔹 Ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, korxona va tashkilotlar hamda mahallalarda temurshunos olimlar va san’atkorlar ishtirokida uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda badiiy-ma’rifiy tadbirlar;

🔹 9-aprel kuni Sohibqiron tavalludining 690 yilligi munosabati bilan turkum ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy tadbirlar;

🔹 Maktab o‘quvchilari uchun Qashqadaryo viloyati va Samarqanddagi Amir Temur bilan bog‘liq tarixiy qadamjolarga ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar uyushtiriladi. Sayohat davomida Oqsaroy yodgorligi, Dorut Tilovat majmuasi hamda Samarqanddagi tarixiy obidalarga ziyorat;

🔹 Amir Temur va temuriylarning jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan hissasini targ‘ib qilishga qaratilgan turli ma’rifiy loyihalar;

🔹 Yoshlar o‘rtasida “Temuriylar merosining bilimdoni” mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yinlari;

🔹 Registon maydonida “Tarix yoshlar teatri sahnasida — Temuriylar davri” loyihasi yo‘lga qo‘yilib, aprel oyi davomida OTM va maktablarning teatr jamoalari tomonidan tarixiy asarlar asosida sahna ko‘rinishlari namoyishi;

🔹 “Tarix so‘zlaydi” loyihasi doirasida Amir Temur va temuriylar merosiga bag‘ishlangan milliy kontent videoroliklar tanlovi;

🔹 Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Amir Temur — millat iftixori” ma’rifat olimpiadasi hamda “Temuriylar davri va buyuk ajdodimiz” mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi.