An’anaviy avgust kengashi noan’anaviy tarzda o‘tkazilishi kutilmoqda

Bugun Samarqandda pedagog xodimlarning “Ta’limda islohot: o‘zgarishni o‘zimizdan boshlaylik” shiori ostida an’anaviy avgust kengashi o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida, Samarqand viloyatida jami 1220 ta umumta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Mavjud umumta’lim maktablarda ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilarga 49 790 nafar pedagoglar ta’lim-tarbiya beradi. Ulardan 31 389 nafari ayol o‘qituvchilardir.

Bugungi kunda umumta’lim maktablarini fan o‘qituvchilari bilan ta’minlash borasida muammolar mavjud. Jumladan, viloyat bo‘yicha 2019 yilning 17 avgust holatiga jami 508 nafar fan o‘qituvchisiga ehtiyoj bor.

Bugun tashkil etilayotgan an’anaviy avgust kengashi noan’anaviy o‘tishi kutilmoqda. Saytimizni kuzatib boring. Tadbir tafsilotlari bilan tanishtirib boramiz.