Angliyada uxlash uchun mo‘ljallangan tungi kinoteatrlar bor...
🔹 Eng chidamli dvigatel - bu inson yuragi. Har kuni yurak avtomobilda 32 kilometr yurish uchun yetarli energiya ishlab chiqaradi.
🔹 Odam qanchalik aqlli bo‘lsa, unda miya kasalligi ehtimoli kamroq bo‘ladi. Intellektual faoliyat kasallik o‘rnini qoplaydigan qo‘shimcha to‘qima hosil bo‘lishiga ko‘makdosh bo‘ladi.
🔹 Achchiq qizil qalampir S vitaminiga boy manba. Xom qalampirda 140 mg S vitamini bor, bu apelsinga qaraganda ikki marotaba ko‘p.
🔹 Oksford universiteti olimlari kitob o‘qishni xavotir va stressni davolash vositasi sifatida tan olishdi. Hayratlanarlisi, mutolaa alkogol ichishdan ko‘ra yaxshiroq, piyoda yurish, choy ichish yoki musiqa tinglashdan samaraliroq, deydi ular.
🔹 Shirinlikka moyillik bu o‘zini tuta olmaslik degani emas. Olimlar shirinlikni inson hayoti uchun kerakli biologik afzallik deb hisoblashadi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar shirinliklar og‘riq qoldiruvchi xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
🔹 Polsha va Litvada portal o‘rnatildi. To‘g‘risi, bunday portallar sizni boshqa makonga o‘tkazmaydi, biroq xuddi shu ekranning narigi tomonidagi odamlar sizni ko‘rib turgan bir paytda, siz boshqa mamlakat ko‘chalarida nima bo‘layotganini internet orqali kuzatishingiz mumkin.
🔹 Asalning yaroqlilik muddati yo‘q. Eng qadimgi asal idishi 1922 yilda Xovard Karter tomonidan Misr fir’avni Tutanxamon qabridan topilgan. Olimlar uni o‘rganib, iste’mol uchun yaroqli deb topishdi.
🔹 Qushlar tullash paytida uchish qobiliyatini vaqtincha yo‘qotadi. Masalan, o‘rdaklar 20-35 kun, oqqushlar esa deyarli 1,5 oy davomida ucha olmaydi.
🔹 Angliyada uxlash uchun mo‘ljallangan tungi kinoteatrlar bor. Ertalab u yerda bepul nonushta ham beriladi.
🔹 Inson o‘pkasida hatto daraxt o‘stirish mumkin.
Bahora tayyorladi.