Anqarada O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari qo‘shma majlisi o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sh.Yo‘ldoshevning xabar berishicha, ayni paytda Turkiyaning Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlarining Savdo-iqtisodiy xalqaro aloqalari beshinchi qo‘shma majlisi o‘tkazilmoqda.

Tadbir qatnashchilarini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari E.G‘aniyev tabriklab, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Majlisning dastlabki kunida “Yangi O‘zbekiston” va “Yangi Turkiya” jurnallarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.