Aqlbovar qilmas rekordlar
Inson tanasining jismoniy imkoniyatlari cheksiz ekanligini odamlar allaqachon fahmlab olishgan. Mutaxassislar buning ilmiy tasdig‘ini izlayotgan bir paytda sayyoramizning har xil burchagidagi odamlar so‘zdan amalga o‘tib, aqlbovar qilmas turli rekordlarni o‘rnatib kelmoqda. Keling, ulardan qaysi biri "Ginnesning rekordlar kitobi"ga kirishga muvaffaq bo‘lganini bilib olamiz.
Nafasni 24 daqiqa 11 soniya ushlab turish
Rasmiy tibbiyotga ko‘ra, oddiy odam kislorodsiz 5 daqiqa, g‘avvos – 9 daqiqa yashashi mumkin. Bu vaqt tugashi bilan tanada qaytarilmas o‘zgarishlar yuzaga keladi, bu esa o‘limga olib kelishi mumkin.
Erkin g‘avvoslar bu haqda hech narsa eshitmaganga o‘xshaydi. 2016 yilda ispaniyalik Aleks Segura suv ostida nafas olmasdan 24 daqiqa, 3 soniya turdi va oradan ikki yil o‘tib xorvatiyalik Budimir Shobat undan 8 soniya ko‘proq, 2021 yilda esa 24 soat 33 daqiqa turib o‘z rekordni qayta yangilaganini qanday izohlash mumkin? Bundan tashqari, g‘avvoslar sho‘ng‘ish paytida butunlay harakatsiz holatda bo‘ladi. Balki shu “hiylalar” ularga ushbu rekordni amalga oshirishga imkon bergandir...
Bir vaqtning o‘zida inson tanasida o‘tirgan eng ko‘p asalarilar soni
Ota-onalar har bir bolaga asalariga yaqinlashsa, ular chaqishi mumkinligi haqida ogohlantirishadi. Odatda bu haqiqat odamlarni hasharotlardan uzoqroq turishga majbur qiladi, biroq Xitoylik Gao Bing tizimga qarshi chiqishga qaror qildi.
2014 yilda bu jasur odam bir soat davomida bir vaqtning o‘zida tanasining yuzasida joylashib olgan 1 million 100 ta asalarining vaqtinchalik uyiga aylandi. Tirik kiyimning vazni 109 kilogrammni tashkil etdi. Afsuski, tajriba davomida tishlaydigan “kostyum” Bingoni taxminan ikki ming marta chaqdi. Shunga qaramasdan u maqsadiga erishdi va Gaoning yutug‘i "Ginnesning rekordlar kitobi" vakillari tomonidan qayd etildi.
189 tonnalik harbiy samolyotni shatakka olish
2009 yilda kanadalik Kevin Fast og‘irligi 189 tonna bo‘lgan “CC-177 Globemaster III" harbiy samolyotini joyidan qo‘zg‘atishga qaror qildi. Natijada u samolyotni deyarli 9 metrga siljitib, o‘z oldiga qo‘ygan vazifani bajardi. Fast rekordlar o‘rnatish orqali ishlab topgan pulini barcha muhtojlarga xayriya sifatida tarqatadi.
7,6 kilometr balandlikdan parashyutsiz sakrash
Amerikalik parashyutchi Lyuk Eykins 7,6 kilometr balandlikdan parashyutsiz sakrab, jahon rekordini o‘rnatdi. Bunday balandlikdan sakrash va o‘lmaslik uchun Eykins yerdan ancha balanddagi qurilish kranlarida mutaxassislar yon tomonlariga yoritkich lampalari o‘rnatib chiqqan, hajmi futbol maydonining 1/3 qismini tashkil qiladigan cho‘zilgan to‘r ustiga tushishi kerak edi.
Ikki daqiqa davom etgan parvozdan so‘ng Eykins to‘rga muvaffaqiyatli qo‘ndi va aql bovar qilmas g‘oyasini amalga oshirib yangi jahon rekordi sifatida qayd etdi.
Har kuni oddiy odamlar biz imkoni yo‘q deb o‘ylagan narsalarga tobeligimizni isbotlab kelmoqdalar. Bunga ishonish qiyin bo‘lsa-da, asosiysi, ular maqsadlariga erishib, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oqlab kelayotgan bo‘lsa, ajabmas.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.