«AQSh Iroqning sobiq prezidenti Husaynga hukm o‘qishga haqi yo‘q edi»: Bundan 15 yil oldin Yangi yil arafasida Saddam Husayn qatl etilgan edi

Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Xalqaro terrorizmga qarshi kurash va ommaviy qirg‘in qurollarini izlash bayrog‘i ostida Iroqqa qo‘shin kiritgach, o‘z vaqtida Sharqiy Osiyodagi eng yirik harbiy qudratga ega davlatlardan biri bo‘lgan Iroq davlati uzoq yillarga urush girdobida qoldi.

Bundan 15 yil muqaddam, 2006 yil 30 dekabrda Iroq yangi davrda uyg‘ondi: sobiq prezident Saddam Husayn insoniyatga qarshi ko‘plab jinoyat, jumladan, kurdlar genotsidi va shialar qirg‘inida ayblanib, qatl etildi. U bilan birga uning «farzandi» - (arab sotsialistik tiklanish partiyasi) Iroq halok bo‘ldi. Saddam shoh va yakkahokim bo‘lgan davlat bir necha hafta ichida quladi va o‘sha kungacha diktatorga abadiy sodiqlikka qasamyod qilganlar uning haykallarini vayron qilishga tushdi.

Vaqt o‘tdi. Yaqin Sharqda navbatdagi muvaffaqiyatsiz davlat paydo bo‘lishi bu - Amerika Iroqni bosib olishining yakuniy natijasi edi.

Agar bundan 15 yil oldin Husayn shafqatsiz zolim sifatida qabul qilingan bo‘lsa, hozir ko‘pchilik alam bilan «agar u hukumatda qolganda, Iroq fuqarolar urushi dahshatlarini ko‘rmagan bo‘lardi», deyishmoqda. Endilikda oddiy iroqliklar orasida Saddam tartibsizlikka barham bera oladigan «kuchli qo‘l» orzusi timsoliga aylanib bormoqda. Va buning sabablari bor: uning davrida Iroq ideal bo‘lmasa-da, odamlar o‘z hayoti uchun qo‘rqmaydigan, rivojlanayotgan davlatda yashashar edi.

Саддам Хусейн выступает перед толпой, 27 января 1969 года

AQSh harbiylarining sobiq tarjimoni Saddam Husaynning hibsga olinishi tafsilotlarini aytib berdi

Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husaynni hibsga olish paytida amerikalik harbiylar qandaydir uxlatuvchi kukun ishlatgan va Husaynning shaxsiy buyumlarining katta qismi o‘g‘irlangan, deydi amerikaliklar bilan hamkorlik qilgan, xavfsizligi sabab o‘z nomini oshkor qilishni istamagan iroqlik tarjimon jurnalistlarga.

Tarjimon Saddam Husaynni hibsga olish operatsiyasini o‘tkazayotgan amerikalik harbiylar bilan bo‘lgan. Uning eslashicha, Qo‘shma Shtatlar Husaynning qayerda ekani haqda ma’lumot berganlarga mukofot sifatida bir necha million dollar va’da qilgan.

Саддам Хусейн, 6 июня 1998 года

"Ish boshlashimdan taxminan sakkiz oy o‘tgach, ular Salahad-Din viloyatidagi Ed-Dur mintaqasida Saddam Husayn yashiringan joy haqida mutlaqo maxfiy ma’lumot olishdi. Bu El-Maabar hududidagi ferma edi", deydi tarjimon.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Husaynning qayerdaligini uning soqchilaridan birining qarindoshi aytgan, degan versiya bor. Bu ma’lumot prezidentga oziq-ovqat yetkazib berayotgan qo‘riqchi ortidan kuzatish orqali tekshirildi. “Uni prezident qo‘riqchisi ekanini hech kim bilmasdi, ammo u bozorda eng yaxshi, ma’lum markadagi tovarlarni sotib olayotgani amerikalik harbiylarda shubha uyg‘otdi. Keyin hammasi oydinlashdi".

Битва при Кербеле, 1991 год

Voqea joyiga Amerika maxsus kuchlari bo‘linmasi yuborilib, shu vaqtning o‘zida desant tashlangan. Tarjimonda protivogaz bo‘lmagani uchun yaqinlashishga ruxsat berilmagan.

«U yerdan olib chiqilgan bir necha kishi kimligiga qiziqdim... «Bu prezident Saddam Husayn va uni hibsga olish uchun yuborilgan maxsus kuchlar, hatto bizga ham yaqinlashish taqiqlandi», dedi mening ofitserim. Prezident panaga yashirinmadi, u holdan toygan edi. Hibsga olingan paytda Husayn an’anaviy arab kiyimida edi, ehtimol u namoz o‘qiyotgan bo‘lgan» xotirlaydi tarjimon.

Uning so‘zlariga ko‘ra, protivogazda ehtiyoj bo‘lgan, chunki operatsiya o‘tkazilgan joyda – uyda ham, fermada ham taxminan bir kvadrat kilometr maydonga uxlatuvchi gaz purkalgan edi.

Husayn vertolyotda evakuatsiya qilinganidan so‘ng, tarjimon u yashagan xonani ko‘zdan kechirishga muvaffaq bo‘lgan: unda ikkita karavot, ikki juft ortopedik poyabzal, qimmatbaho kiyim-kechak, parfyumeriya va shaxsiy buyumlar – prezidentning qo‘l soati, oilaviy fotosuratlar, bo‘sh plyonka va prezident tomonidan yozilgan audioyozuvli diktofon bo‘lgan. Shuningdek, qimmatbaho jihozlar va revolver ham topilgan.

Saddam Husaynning aksariyat shaxsiy buyumlari - poyabzal, soat, kiyim-kechak va hatto oziq-ovqat ham o‘g‘irlangan. “Ba’zi harbiylar bu narsalarni esdalik sifatida olishdi”, qo‘shimcha qiladi tarjimon.

Uning ta’kidlashicha, operatsiyadan keyin fermadagi apelsin ko‘chatlari, o‘lib yotgan to‘tiqushlar, qoramol va itlar noma’lum oq modda bilan qoplangan.

Мать иракского солдата, убитого на войне против Ирана, целует Саддама Хусейна, 10 ноября 1980 года

Rossiyaning sobiq elchisi: AQSh tomonidan shakllantirilgan Iroq hukumati Husaynni hukm qilishga haqi yo‘q edi

AQSh tomonidan tuzilgan Iroqning vaqtinchalik hukumati Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husayn ustidan sud jarayonini o‘tkazish huquqiga ega emas edi, deydi Rossiyaning Iroqdagi sobiq elchisi Vladimir Titorenko RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida.

AQSh Iroqqa bostirib kirganida Saddam Husayn mamlakatda mavjudligi tasdiqlanmagan.

"Vaqtinchalik hukumat esa Iroq xalqi tomonidan saylangan emas edi. U amerikaliklar tomonidan tuzilgan va uning Saddam Husayn ustidan sud jarayonini o‘tkazishga haqi yo‘q edi", - deydi Titorenko.

Rossiyalik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, maxsus tribunal Husaynni hukm qilish huquqiga ega emas edi, chunki u prezident, qurolli kuchlarning oliy qo‘mondoni bo‘lgan va amaldagi qonunchilik asosida qarorlar qabul qilgan.

"Eron bilan urush va kimyoviy qurol qo‘llanishi bilan bog‘liq ayblovlar asossiz. Saddam bu kimyoviy quroldan foydalangani haqida hech qanday dalil yo‘q", deya qo‘shimcha qildi Titorenko.

Iroqning sobiq rahbari qariyb olti oy davomida amerikaliklardan yashirinishga muvaffaq bo‘lgan, biroq oxir-oqibat o‘zining tug‘ilgan shahri Tikrit yaqinida qo‘lga olinadi. Maxsus tribunalning birinchi yig‘ilishi 2004 yil iyul oyida bo‘lib o‘tadi va shu tariqa sud Husaynni aybdor deb topib 2006 yil 5 noyabrda osib o‘ldirishga hukm qilgan edi.