AQSh kontingentning uchdan bir qismini Afg‘onistondan olib chiqdi
Qo‘shma Shtatlar kuchlarining uchdan bir qismini Afg‘onistondan olib chiqdi, deya xabar qildi mamlakat Markaziy qo‘mondonligi.
"AQSh Markaziy qo‘mondonligi chiqarish jarayonining 30-44 foizi bajarilgan deb baholamoqda", deyiladi qo‘mondonlik veb-saytida.
Unda materiallar bilan 300 ga yaqin yuk samolyotlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilgani va utilizatsiya qilish uchun 13 ming dona uskuna Mudofaa vazirligining material-texnik ta’minlash agentligiga topshirilganligi ko‘rsatilgan.
Avvalroq AQSh ma’muriyati 1 maydan 11 sentyabrgacha bo‘lgan davrda Afg‘onistondagi qo‘shinlarini ittifoqchilar bilan kelishilgan holda olib chiqib ketishini ma’lum qilgan edi. 2020 yilda Qo‘shma Shtatlar va Tolibon Doxada 18 yildan ortiq davom etgan urushda birinchi tinchlik shartnomasini imzoladi. Bu 14 oy ichida Afg‘onistondan xorijiy kontingent dislokatsiyasi (olib chiqilish) va mahbuslar almashinuvidan so‘ng mamlakatlararo muloqot boshlashni nazarda tutadi. Lekin shartnoma imzolanganidan buyon Tolibon Vashingtonni bir necha bor uni buzganlikda ayblagan.