AQSh: Kuchli qor bo‘roni tufayli minglab reyslar qoldirildi

CNN xabariga ko‘ra, AQShning sharqiy sohillarida qor bo‘roni sodir bo‘lgani sababli kecha, 16 yanvar kuni 3 mingga yaqin reys bekor qilindi.

Ta’kidlanishicha, jabrlangan hududlarda 74 millionga yaqin odam istiqomat qiladi.

Monitoring internet-resursi www.poweroutage.us ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda 200 mingga yaqin iste’molchi elektrdan uzilib qolgan. Mahalliy OAV Floridadan Kanada chegarasigacha cho‘zilgan I-95 avtomagistralining ayrim uchastkalari to‘sib qo‘yilgani haqida xabar bermoqda.