Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AQSh o‘z ixtiyorida bo‘lgan dunyodagi eng kuchli atom bombasini yo‘q qilishni rejalashtirmoqda

Pentagon AQSh eng kuchli atom jangovar kallagi bo‘lgan V83-1 termoyadroviy bombasini yo‘q qilmoqchi ekanini e’lon qildi. Bu AQSh milliy mudofaa strategiyasidan kelib chiqqani aytilmoqda.

“V83-1 gravitatsiyaviy bomba bo‘lib uning cheklovlari ortib borayotgani va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari oshishi tufayli qurollanishdan chiqariladi”, — deyiladi hujjatda.

Qayd etilishicha, yaqin kelajakda “yetish qiyin bo‘lgan va «chegaradan chiqqan» nishonlarga tahdid yaratish maqsadida mavjud boshqa imkoniyatlardan foydalanish rejalashtirilmoqda. Hujjatga ko‘ra, "bunday nishonlarni yo‘q qilishni yaxshilash uchun" Mudofaa vazirligi "o‘zining idoralararo hamkorlari bilan ishlash va mavjud konseptsiyalar asosida" yangi vositani ishlab chiqadi.

V83-1 termoyadroviy bomba quvvati 1,2 megatonnadir.