AQSh Qobulda IShID jangarilariga qarata raketa hujumi uyushtirdi

Amerika uchuvchisiz samolyot zarbasining nishoni Qobul aeroportida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan bir necha IShID jangarilari bo‘lgan mashina edi. Bu haqda tahdid yo‘q qilinganini ma’lum qilgan AQSh armiyasi xabar berdi.

Mashinada katta miqdordagi portlovchi moddalar bo‘lgan. Natijada zarbadan keyin davomli portlashlar boshlangan.

Oldinroq radikal «Tolibon» vakillari xuddi shunday zarba nishoni haqida xabar bergan edi.

Afg‘oniston ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, hujum natijasida ikkita mashina portlatilgan. Qisman vayron bo‘lgan turar-joy binosida bir oilaning kamida to‘qqiz a’zosi, jumladan olti bola halok bo‘ldi. Bu haqda Amerikaning CNN telekanaliga halok bo‘lganlarning qarindoshi aytgan.

Raketa zarbasi mudofaa xarakteriga ega. Departament tinch aholi o‘rtasida qurbonlar haqidagi ma’lumotlarni tekshirmoqda, deya ta’kidladi Pentagon.

Iyul oyining oxiridan buyon AQSh hukumati Afg‘onistondan 120 mingga yaqin odamni evakuatsiyasini uyushtirdi. Vashington AQSh fuqarolari va Amerikaga yordam bergan afg‘onlar 31 avgustdan keyin respublikani xavfsiz tark etishlari uchun choralar ko‘rishni va’da qilmoqda.