AQSh Rossiya bilan yadroviy urushga qarshi bayonot imzolamaydi
Endi hech bir AQSh prezidenti Rossiya bilan 1985 yilda Mixail Gorbachyov va Ronald Reygan imzolagan deklaratsiyada bo‘lgani kabi yadroviy urushga yo‘l qo‘yilmaslik to‘g‘risida deklaratsiyani imzolamaydi. Va, kim bu hujjatni imzolasa, jazolanishi kerak. Amerika prezidentining qurollanishni nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakili Marshal Billingsli ushbu qadamga qarshi Ommaviy siyosat milliy institutida nutq so‘zladi. Uning nutqi institut veb-saytida e’lon qilindi.
Maxsus vakilning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘zining harbiy doktrinasida tobora ko‘proq yadroviy qurollanishga e’tibor qaratmoqda. Garchi, buni xalqaro maydonda e’lon qilmasa ham. Billingslining aytishicha, NATO bilan ziddiyat yuzaga kelganda, Rossiya davlati taktik qurol yordamida dushmanning taslim bo‘lishiga undaydi. Ammo kapitulyasiya bo‘lmaydi - bunday qurollardan har qanday foydalanish og‘ir oqibatlargi olib kelishi, shubhasiz.
“Qurollanish nazorati haqida gap ketganda ularga ishonib bo‘lmaydi. Shuni unutmaylikki, ular o‘n yildan oshiq vaqt mobaynida o‘rta va qisqa masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomani yashirincha buzib kelmoqda. Ular yashirin ravishda ishlab chiqarilgan, sinovdan o‘tgan va qisqa masofaga mo‘ljallangan yadro qurolli raketa ishlab chiqara boshladi. Ayni paytda esa Rossiya harbiylari raketa batalonlarini shay qilmoqda va ular NATOga qaratilgani ehtimoli mavjud".
Notiq Rossiya-Amerika raketa shartnomalari yo‘q qilinishining ijobiy tomoni ham borligini ta’kidladi. Kelgusi kelishuvlarda AQSh va Rossiya majburiyat bilan bog‘langan bir paytda yadro salohiyatini jadal rivojlantirgan Xitoy ham albatta bo‘lishi kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakdagi har qanday shartnomada Xitoy albatta bo‘lishi shart.
O‘rta va qisqa masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi raketa shartnomasi 2 avgust kuni rasmiy ravishda bekor qilindi. Rossiya tomoni uning shartlarini buzganligi sababli Vashington ham bitimni buzdi. Shartnoma Moskva va Vashington tomonidan 1987 yil dekabrda imzolangan edi.