AQSh Senati impichment bo‘yicha sud jarayonida Trampni oqladi
AQSh Kongressi Senati shanba kungi kengashda impichment jarayoni doirasida sobiq prezident Donald Trampni oqladi. Bu haqda Reuners xabar bermoqda.
57 senator impichment uchun ovoz bergan bo‘lsa, 43 nafari qarshi chiqdi, ayblov xulosasi uchun 100 dan 67 ovoz talab qilingan. Shunday qilib impichment tashabbuskorlari zarur ovozni olisholmadi.
Avvalroq, ko‘plab amerikaliklar Tramp mamlakat siyosiy hayotida ishtirok etishni to‘xtatishi tarafdori ekanliklarini bildirishgan. Respondentlarning 54 foizi mamlakatning 45-prezidenti siyosatdan butunlay voz kechishini ma’qullagan.
9 fevral kuni Senatda Trampga qarshi ikkinchi impichment bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. 14 yanvar kuni Vakillar palatasi Vashingtondagi tartibsizliklar bilan bog‘liq ravishda Oq uyning sobiq egasiga impichment e’lon qilishga ovoz berdi. AQShda prezidentlik muddati tugashidanoq mamlakat liderini lavozimidan chetlashtirishga urinish ilk bor yuz berdi.
Ma’lumki, demokratlar Trampni lavozimidan chetlashtirishga birinchi marta 2019 yilda urinishgan. O‘shanda quyi palata ham ayblovlarni ma’qullagan, ammo Senat 2020 yil boshida prezidentni oqlagan edi.