AQSh Senati rekord darajadagi harbiy byudjetni tasdiqladi
AQSh Senati kecha 2024 moliya yilida mudofaa xarajatlari, jumladan, Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni hisobga olgan holda 880 milliard dollardan ortiq bo‘lgan qonun loyihasini ma’qulladi.
Majlisni C-SPAN telekanali efirga uzatgan.
Kongress yuqori palatasining 86 nafar a’zosi qonun loyihasini yoqlab, 11 nafari qarshi ovoz bergan.
14 iyul kuni AQSh Kongressining Vakillar palatasi hujjatning Senat tomonidan qabul qilinganidan farq qiluvchi va respublikachilar tomonidan ishlab chiqilgan ayrim tashabbuslarni o‘z ichiga olgan o‘z versiyasini ma’qullagan edi. Bunga agar o‘zlarida bu tartib taqiqlangan bo‘la turib, harbiy xizmatda bo‘lgan ayollarga boshqa shtatlarda davlat tibbiy sug‘urtasi hisobiga abort qilishni taqiqlash va boshqalar kiradi.
Aytilishicha, hujjatning ikki varianti o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish bilan kelishuv komissiyasi shug‘ullanadi. Keyin uni AQSh prezidenti demokrat Jo Bayden imzolashi kerak bo‘ladi.
Avvalroq AQSh Senati mudofaa byudjetiga Kiyevga harbiy yordamni cheklash bo‘yicha tuzatish kiritishni qo‘llab-quvvatlamagan edi.