AQSh "TeraFlyu"ni sotuvdan chiqarishni talab qildi
AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) Benadryl antigistaminlari, Mucinex balg‘am ko‘chiruvchi, shamollash va grippga qarshi "TeraFlyu" kukuni va isitma tushiruvchi Tylenol preparatlarini sotishni to‘xtatish talabini The Wall Street Journal ma’lum qildi.
AQShda shifokorlar «TeraFlyu» va boshqa dori vositalari samarasizligi sababli savdodan olib tashlanishini talab qilishmoqda. Xususan, aytilishicha, Benadryl, Mucinex i Tylenol tarkibida burun tiqilishidan xalos bo‘lish uchun ishlatiladigan xavfsiz fenilefrin moddasi mavjud. Ammo ular bemor ahvolini yaxshilamaydi.
Florida universiteti olimlari 2015 yilda FDAga fenilefrinni retseptsiz sotiladigan dorilar ro‘yxatidan olib tashlash uchun petitsiya bilan murojaat qilishgan. Ehtimol bu "to‘liq o‘rganish va tahlil qilishni" talab qilgani uchun bo‘lsa kerak, ammo bir yil o‘tib ham regulyator so‘rovni ko‘rib chiqayotganini bildirib, aniq javob bermagan. Shimoliy Karolina universiteti professori Stefani Ferreri "zarar xavfi pastligi sababli" FDA olimlarga peshvoz chiqmayotganligini aytgan.
"Lenta-Ru" ning xabar berishicha, rossiyalik doktor Kirill Masliyev haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish xavfi bilan bog‘liq dori-darmonlar ro‘yxatiga TeraFlyuni ham kiritgan.