AQSh va Xitoy o‘rtasidagi "savdo urushi" Rossiyani ham xavotirga solyapti
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning fikricha, "AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi nafaqat Rossiyaga, balki butun dunyoga aks ta’sir ko‘rsatadi. Ammo Rossiya iqtisodiyoti bugun ancha raqobatbardosh, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi Rossiya iqtisodiyotiga jiddiy xavf solmaydi".
"AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi butun dunyo iqtisodiyoti muhitiga ancha zarar yetkazishi mumkin. Ammo, Rossiya iqtisodiyotiga zarar yetkaza olmaydi. Hammasi nazoratimizda va xavotirlanishga mutlaqo asos yo‘q", deydi Peskov.
Ammo, iqtisodiy tahlilchilar boshqa taxminni ilgari surmoqdalar. Agar, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi uzoqroq muddat davom etadigan bo‘lsa, bundan eng avvalo Rossiya ko‘p zarar ko‘radi. Sababi, bu savdo urushi tufayli Xitoyning AQShga eksporti kamayadi. Buning ortidan Xitoyda iqtisodiy o‘sish pasayadi. Keyin esa, Xitoy kam xomashyo sotib olishi ortidan dunyodagi aksar xomashyo sotadigan davlatlarning eksporti kamayadi. Rossiya esa Xitoyga xomashyo sotadigan asosiy davlatdir.
Kuzatamiz va kutamiz, oxiri nima bo‘lar ekan?