AQSh Xitoydagi Olimpiadaga boykot e’lon qildi, Kanada ham shuning harakatida. Buni Xitoy qanday baholaydi?

6 dekabr kuni AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati 2022 yilda Xitoyning Pekin shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga diplomatik boykot e’lon qilishi ma’lum bo‘ldi.

Biroq, bu choralar sportchilarning o‘ziga ta’sir qilmaydi. Diplomatik boykot, davlat rasmiylari o‘yinlarga borishdan bosh tortishini ko‘zda tutadi.

AQSh boykotidan keyin Kanada Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Kristel Chartranning aytishicha, Kanada hukumati ham Olimpiadaga boykot e’lon qilishni o‘ylab qoldi. Bu haqda u “TASS”ga ma’lum qildi.

“AQSh qarori haqida bizga xabar berildi. Biz bu masalani hamkor va ittifoqchilarimiz bilan muhokama qilishda davom etamiz ", dedi u va Kanada Xitoyda inson huquqlarining buzilishi haqidagi xabarlardan juda xavotirda ekanligini aytdi.

Avvalroq Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ham AQShning 2022 yilda Pekinda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga diplomatik boykot e’lon qilish haqidagi qaroriga izoh bergan edi. Olimpiadada tashkilot rasmiy va diplomatlari mavjudligi har bir hukumatning sof siyosiy qarori ekanligini va XOQ siyosiy jihatdan betaraf bo‘lgan holda bu huquqni tan olishini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Xitoy Xalq Respublikasining (XXR) Vashingtondagi elchixonasi AQSh tomonidan e’lon qilingan Pekin Olimpiadasining diplomatik boykotiga baho berdi, deya xabar bermoqda Reuters.

Elchixona AQShning Olimpiada o‘yinlarini boykot qilish qarorini siyosiy hiyla va “olimpiya xartiyasi ruhiga zarba” deya baholadi. Departamentning qo‘shimcha qilishicha, Amerika tomonining bayonoti “da’vogarlik”dan o‘zga narsa emas.

Rossiyalik siyosatshunos, Zamonaviy davlat taraqqiyoti instituti direktori Dmitriy Solonnikov AQShning Xitoyga qarshi “psixologik hiylasi”ni tahlil qilar ekan, olimpiadaga boykot e’lon qilish XXRga ta’sir ko‘rsatishning ma’naviy-psixologik o‘lchovi bo‘lib xizmat qilishini aytib o‘tdi. Ekspert xalqaro sport musobaqalari ko‘pincha davlatlar uchun “mafkuraviy ambitsiyalarini o‘lchaydigan” kurash maydoniga aylanganini eslatdi.

Pekinda qishki Olimpiya o‘yinlari 2022 yilning 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Paralimpiya o‘yinlari esa 4-13 mart kunlariga belgilangan.