AQShda avj olgan yong‘in tutunlari Yevropagacha yetib bordi

AQShning g‘arbiy sohilida avj olgan o‘rmon yong‘inlarining tutuni Amerika qit’asi va Atlantik okeanini kechib o‘tib, Yevropaning shimoliy qismiga yetib bordi. Bu haqda atmosferani kuzatish “Kopernik” Yevropa dasturi (CAMS) mutaxassislari bergan xabarga tayangan holda CNN ma’lum qildi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, tabiiy ofat markazidan 5 ming kilometr uzoqlikda ham qalin tutun quyunini ko‘rish mumkin. Ularning fikriga ko‘ra, tutun Yevropa mamlakatlariga kelishda davom etadi.

“Yong‘inlar ko‘lami va kuchi so‘nggi 18 yillik kuzatuvlarimizdagiga nisbatan judayam yuqori darajada. Oldingi yillardagi ko‘rsatkichlarga nisbatan bu galgi yong‘inlar o‘n barobar, hatto yuz barobar kuchli”, deb ma’lum qildi CAMS mutaxassislaridan biri Mark Parrington.

17 sentyabr holatiga ko‘ra, AQShning 11 shtatida 87 ta faol o‘rmon yong‘inlari qayd etilgan. Kaliforniya va Oregonada o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan.