AQShda mablag‘ tanqisligi kutilmoqda: Moliya vaziri Kongressni favqulodda choralar ko‘rishga chaqirdi
AQSh moliya vaziri Janet Yellen, agar Kongress AQSh davlat qarzining qonuniy chegarasini ko‘tarmasa yoki uning amal qilishini to‘xtatmasa, AQSh hukumati 1 iyunga kelib mablag‘ yetishmasligiga duch kelishi haqida ogohlantirdi. Bu Qo‘shma Shtatlar tarixida hech qachon bo‘lmagan defoltni keltirib chiqaradi.
Shift (qarzning ruxsat etilgan maksimal miqdori)ni ko‘tarmasdan, AQSh hukumati yangi kreditlar ololmaydi.
Dushanba kuni Yellen Kongressni imkon qadar tezroq 31,4 trillion dollar qilib belgilangan chegarani oshirishga chaqirdi.
Chorak oxirigacha, ya’ni iyun oyiga qadar Moliya vazirligi o‘z qarzlarini oldingi rejalarga nisbatan qariyb 449 milliard dollarga oshirishni rejalashtirmoqda. Shunday qilib, ularning hajmi taxminan 726 milliard dollarni tashkil qiladi.
Davlat qarzi chegarasini oshirish AQSh uchun juda keng tarqalgan jarayon: 1960 yildan beri bu 78 marta sodir bo‘lgan.
Yanvar oyida Kongressga yuborilgan yana bir maktubida Yellen G‘aznachilik defoltga yo‘l qo‘ymaslik uchun "favqulodda choralar"ni qo‘llashni boshlaganini aytdi.
Qo‘shma Shtatlar defolt tahdidiga duch kelishi mumkin, ya’ni hukumatning o‘z qarzlarini to‘lashga rasman qodir emasligi. Voqealarning bunday rivojlanishi jahon moliyaviy bozorlarini tushirishi va AQShga "ishonchli o‘yinchi" sifatidagi ishonchni yo‘q qilishi mumkin.