AQShda qor bo‘roni qurbonlari soni 37 kishiga yetdi

Qo‘shma Shtatlarda sodir bo‘lgan qor bo‘roni kamida 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Kecha kechqurun qurbonlar soni keskin oshdi, tunda 26 kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Yuz minglab amerikaliklar elektrsiz qoldi, deb yozadi CNN.

Milliy ob-havo xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bo‘ron Nyu-Yorkning Buffalo shahrida eng kuchli bo‘lgan, u yerda 43 dyuym yoki bir metrga yaqin qor tushgan. Yo‘l harakati yopilgan.

PowerOutage.us ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlardagi 250 mingga yaqin uy xo‘jaliklari va korxonalar elektr ta’minotisiz qolgan, ularning deyarli yarmi Men va Nyu-Yorkda. AQSh aholisi kuchli shamol va izg‘irin haqida ogohlantirilmoqda.