AQShda Rossiya, Xitoy va Erondan kelgan talabalarni "yaxshilab tekshirish" taklif etildi

Senator Djosh Xouli AQShda tahsil olayotgan talabalar orasidagi Rossiya, Xitoy, Eron davlatidan kelgan talabalarni yana bir chuqurlashtirilgan surishtiruv va tekshiruvdan o‘tkazishni taklif qildi. Uning fikricha Rossiya, Xitoy va Eron ancha yillardan beri o‘z josuslarini AQShga talaba ko‘rinishida kiritayapti. Shu sababli ham shu uchala davlatdan kelgan talabalar qattiq surishtiruv va tekshiruvdan o‘tkazilsa, bu AQSh xavfsizligi uchun ancha manfatli bo‘lar edi, dedi u.
Uning bildirishicha, AQShdagi Kolumbiya universitetiga rasmiy Moskva maxsus xizmat agentini joylab qo‘ymoqchi bo‘lgan voqeadan xabari bor.
Senatorning Rossiya, Xitoy va Erondan AQShga o‘qishga borgan talabalardan shubhalanishi ortidan AQSh kongressi Rossiya, Xitoy va Eron davlatlaridan borgan talabalarni chuqur tekshirish va surishtirish haqidagi qonun loyiha taqdim etdi.
Agar ushbu qonun qabul qilinsa, so‘ng Rossiya, Xitoy va Erondan borgan talabalar tez-tez surishtiruv va tekshiruvdan o‘tib turadilar.
Siyosiy tahlilchilarning fikrlariga ko‘ra, AQSh OTMlari oxirgi yillarda bu mamlakatga josus jo‘natishda qulay joy bo‘layapti.