Avtomobil ichida qoldirilgan 3 nafar bola kuyish jarohati oldi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani, Yakkaqayrag‘och mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1992 yilda tug‘ilgan F.D. akasining bir nafar, o‘zining esa ikki nafar farzandini “Matiz” ichida qoldirib, yashash joyiga kirib ketgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, F.D. uyda bo‘lgan vaqtda avtoulov ichida yong‘in yuzaga kelgan. Salonda bo‘lgan, 2018 yilda tug‘ilgan Sh.Sh.ning tanasi 100 foiz 2- va 3-darajali termik kuygan.
Shuningdek, 2017 yilda tug‘ilgan M.Sh. tanasining 60 foizi 1-, 2- va 3-darajali kuygan. Bolaning yuqori nafas yo‘llari 2-darajali kuygan. 2019 yilda tug‘ilgan Sh.M.ning yuzi, ikki qo‘li 2-, 3- “A” va “B” darajali, yuqori nafas yo‘llarining esa 14-16 foizi kuygan.
Jabrlanuvchilar respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.