Axborot-resurs markazi yangi binoda faoliyat boshladi
- 12.02.2019 17:48
- 176
- Mutolaa

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti axborot-resurs markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda Samarqand viloyat hokimligi va jamoatchiligi, oliy ta’lim muassasalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
22 nafar mutaxassis o‘z ish faoliyatini boshlagan mazkur ziyo maskani bugungi kunda 143 ming kitob fondi, 14900 ta badiiy va ilmiy adabiyotlarni o‘zida qamrab olgan elektron katalog, 7500 dona elektron nusxadagi adabiyotlar bilan ta’minlangan.
Shuningdek, axborot-resurs markazi eng so‘nggi axborot kommunikatsiya vositalari bilan jihozlanib, internet tarmog‘i orqali ZiyoNet axborot-ta’lim portali va jahon kutubxonalari bilan bog‘langan.
Viloyat hokimligi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 12:17
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim