Ayni damda O‘zbekistonda qancha odam karantinga olingan?

Bugun AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing o‘tkazildi va unda yurtimizda karantinga olinganlar soni haqida ma’lumot berildi.

Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 46 585 nafar fuqarolar salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda.

Ularning 30 853 nafari uy sharoitida, 15 732 nafari statsionar sharoitda karantinga olingan.

Respublikadagi mavjud virusologik laboratoriyalarda bir kunda 14,8 mingta, jami 460 mingga yaqin test sinovlari o‘tkazildi.