Ayni paytda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltmish uchinchi sessiyasi o‘tkazilmoqda

Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 avgustdagi “Mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5230-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2022 yil I chorak yakuni bo‘yicha viloyat hokimi o‘rinbosarlari faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari bajarilishi natijalarini ko‘rib chiqish va baholash to‘g‘risida;

- Qodirov Bahodir Rahimovichni Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risida.

- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

- xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasi nizomi va tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

- davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha;

- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisini tayinlash to‘g‘risida;

- viloyat byudjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyevning 2022 yil 4 oyi davomida viloyatdagi sektorlar va tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan axboroti haqida;

- viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Umarovning yoshlar va voyaga etmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish borasida viloyatda amalga oshirilgan ishlar hamda belgilanadagin vazifalar to‘g‘risidagi hisoboti;

- viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Boyxo‘rozovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-190-sonli qarori ijrosi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

- viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Z.Jamolovning “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti;

- viloyat hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar masalalari boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi Z.Rahmonovaning viloyatda xotin-qizlar muammolarini hal etilishi yuzasidan ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida hisoboti.