Ayolni eriga xiyonatkorlikda «shantaj» qilib, pul talab qilgan shaxs ushlandi
- 22.10.2019 09:58
- 433
- Jinoyat va jazo
Toshkentda eriga xiyonat qilgani haqida mish-mish tarqatish bilan ayol kishini qo‘rqitib, undan pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Ichki ishlar organlariga 37 yoshli Sh.T. murojaat qilib, undan 700 AQSh dollarini tovlamachilik bilan talab qilayotgan shaxsga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi.
Ma’lum bo‘lishicha, 35 yoshli Abduvaxob N. Sh.T.ni eriga xiyonat qilgani haqida mish-mish tarqatish bilan qo‘rqitgan.
16 oktyabr kuni soat 16.30 da tovlamachi Yashnobod tumanida pullarni olish vaqtida qo‘lga olindi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi («Tovlamachilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa