Ayolning behayo rasmlarini internetga tarqatish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati Olmazor tumanida 50 000 AQSh dollari talab qilgan tovlamachi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tumani bo‘limi va Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.S. (erkak) fuqaro A.G.ning (ayol) yarim yalang‘och holda raqsga tushgani olingan videolavhani «internet» saytlari orqali tarqatish va uning oila a’zolariga ko‘rsatib, sharmanda qilishi haqida tahdid qilgan. Buning evaziga G.N.dan 50 000 AQSh dollari berishni talab qilib, shundan, 6 500 AQSh dollarini tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.