Aziz Abduhakimov boshchiligidagi ishchi guruh Samarqandda turizm salohiyati rivojlanishini monitoring qildi
- 19.06.2020 20:15
- 268
- Ta’lim
Bugun, 19 iyun kuni Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ishchi guruh bilan birgalikda "Ipak yo‘li" turizm xalqaro universiteti atrofida tashkil etilayotgan turizm-ta’lim bog‘iga tashrif buyurdi. Bu haqda Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad qurilish ishlari, hududni obodonlashtirish bo‘yicha kelgusidagi rejalarni, shuningdek, "Ipak yo‘li" turizm xalqaro universiteti qurilishining yakuniy ishlarini monitoring qilishdan iborat.
Tadbirda loyiha mutasaddilariga taklif va mulohazalar bildirildi. Bundan tashqari, «Konigil» namunaviy “turizm qishlog‘i” tashkil etilayotgan Samarqand tumaniga ham tashrif uyushtirilib, bu yerda barpo etilgan yangi mehmon uyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.