Bayden Trampning migrantlarga nisbatan cheklovlarini bekor qilmoqchi
AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden Amerikaning amaldagi rahbari Donald Tramp tomonidan muhojirlarga nisbatan joriy etilgan cheklovlarni bekor qilishga va’da berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Tramp ma’muriyati janubiy chegaramizda muntazam ravishda vujudga keltirgan gumanitar falokatni bartaraf etish uchun qanday choralar ko‘rishimiz kerakligi menga ma’lum. Biz birinchi kundan boshlab Tramp cheklovlarini yo‘q qilish uchun maqsadli, astoydil va mas’uliyat bilan ishlaymiz”, dedi Bayden.
Siyosatchi AQShda boshpana izlovchilar bilan tezkor ishlash imkoniyatini yaratish va shu bilan birga koronavirus pandemiyasi sharoitida inqirozning oldini olish niyatida ekanligini ta’kidladi.
Ma’lumki, 2018 yil oktyabr oyida Markaziy Amerikaning qashshoq mamlakatlaridan minglab muhojirlar AQSh hukumatidan boshpana so‘rash maqsadida Meksika orqali AQSh chegarasiga yo‘l olishdi. Tramp noqonuniy muhojirlar oqimini to‘xtatish uchun chegaraga minglab harbiylarni yubordi. Mart oyi oxirida esa Markaziy Amerika muhojirlarining yangi «karvon»i AQShga qarab yo‘l olgani ma’lum bo‘ldi. Ularning soni 1,2 ming kishini tashkil qildi.
AQSh-Meksika chegarasida devor qurilishi Trampning 2016 yilgi prezidentlik saylovlaridagi dasturining asosiy bandlaridan biri bo‘ldi. Shu niyatda u favqulodda holat e’lon qilish va harbiy xarajatlarni zid ravishda yo‘naltirishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo 25 may kuni Kaliforniya sudi AQSh mudofaa vazirligining byudjet mablag‘laridan bunday maqsadda foydalanishga taqiq qo‘ygani ma’lum bo‘ldi.
G.XOLDOROVA tayyorladi.