Bayram kunlari sifati shubhali konservalardan ehtiyot bo‘ling!
Keyingi yillarda aholi o‘rtasida sifatsiz mahsulotlar, xususan, uy sharoitida tayyorlangan konservalarni iste’mol qilish oqibatida guruhli zaharlanish holatlari qayd etilmoqda.
Birgina, joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda qayd etilgan zaharlanish holatlarining o‘ntasida 28 nafar fuqaroning uy sharoitida qo‘lbola usulda tayyorlangan meva-sabzavot konservalarini iste’mol qilish tufayli botulizm bilan kasallanish kuzatilgan. Zaharlanganlarning ikki nafari vafot etgan.
Ushbu holatlarda botulizmning kelib chiqishiga va o‘lim holatining qayd etilishiga xonadonlarda sanitariya talablariga rioya etilmasdan, xonaki konservalarni tayyorlash davom etayotgani, qo‘lbola konservalar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan zaharlanishning og‘ir oqibatlarini har bir xonadon egasi his etmayotgani sabab bo‘lmoqda.
Aytish kerakki, botulizm sporalari tayyorlanayotgan mahsulotni (konserva va marinovka) qayta ishlash jarayonida hamma vaqt ham yo‘q bo‘lmaydi. Ayniqsa, botulizm qo‘zg‘atuvchilarining sporalari yuqori darajaga o‘ta chidamli bo‘ladi (100 daraja issiqqa 6 soat, 120 daraja issiqqa 10 minut bardosh berishi mumkin). Meva-sabzavotli va qo‘ziqorinli konservalar tayyorlashda unga sirka kislotasi qo‘shish botulizmdan saqlashning birdan-bir omilidir.
Bayram arafasi bozorlarda, ko‘chalarda uy sharoitida tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan konserva mahsulotlarini sotib olmang.
Xayrulla BOYMURODOV,
Samarqand viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi.