Bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi
- 01.09.2020 15:00
- 162
- Yo‘riqnoma
Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida ta’kidlanishicha, xodimlarni shu kunlari ish beruvchining farmoyishi bo‘yicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi.
Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko‘ra, ishni to‘xtatib turish mumkin bo‘lmagan joylarda, aholiga xizmat ko‘rsatish zarurati bo‘lgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib bo‘lmaydigan ta’mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo‘l qo‘yiladi.
Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
"Men qoziman, vazir emas"
- 26 daqiqa avval
- Mutolaa
«Yangi O‘zbekiston»: Qurilishlar nega ortda qolyapti?
- 36 daqiqa avval
- Samarqand
Samarqandda buyuk allomalar merosi tiklanmoqda
- 1 soat avval
- Jamiyat