Begemotlar ham uchar ekan
Rosti, “Begemotlar uchadi”, desa hech kim ishonmaydi. Ammo bu haqiqat. Buyuk Britaniyaning Qirollik veterinariya kolleji tadqiqotchilari begemotlar uchishini isbotlashdi.
Bir tomondan, bu hazil emas, ikkinchi tomondan siz, albatta, hech qachon bulutlar aro qanot qoqib yurgan bu jonivorlarni ko‘rmaysiz. Ko‘rinishidan og‘ir jonivor agar shataloq otsa bormi, to‘rt oyog‘ini ham havoda ko‘ravering.
Bochkasimon bir yarim tonnalik begemot agar yugursa nafaqat oyog‘i yerga tegmaydi, balki soatiga 30 kilometr tezlikkacha erishadi.
Asteroid Yer bilan to‘qnashadimi?
Yerni daydi kosmik asteroidlardan ximoya qilish olimlarni boshini qotirib kelmoqda. Xo‘sh, qanday qilib sayyoramizni kutilmagan samoviy jismlardan bexatar saqlash mumkin?
Axir Tungus meteoridi keltirgan vayronalik insoniyatni hamon havotirga solib kelmoqda. Tadqiqotchilar samoviy jismlarga qarshi turli himoya vositalarni taklif qilishmoqda. Ular orasida turli boshqariladigan raketalardan tortib lazer nurigacha bor.
Shu bilan birga, tadqiqotchilar yaqinda Yer o‘z tuzilishiga ko‘ra asteroidlardan himoyalanish tizimiga ega ekanligini aniqlashdi. Sayyoramiz gravitatsiya kuchi yordamida boshqa sayyoralar bilan o‘zaro harakatda asteroidlarni parchalab yuborish xususiyatiga ega ekan. Tungus hodisasiga keladigan bo‘lsak, hozirgacha u meteorid bo‘lganmi, boshqa narsami jumboqligicha qolmoqda.
T.Shomurodov tayyorladi.