Belorus Polsha chegarasidagi Bruzgi nazorat punktida muhojirlar qolmaganini ma’lum qildi
Polsha - Belarus chegarasidagi vaziyat yumshayotgan ko‘rinadi. So‘nggi bir hafta davomida davom etgan muhojirlar bilan bog‘liq tarang vaziyatdan so‘ng har ikki davlat Bruzgi-Kuznitsa chegara punktida lager qurgan muhojirlar ketganini tasdiqladi.
Polsha politsiyasi ilgari noqonuniy muhojirlar egallab turgan bo‘sh hudud aks etgan videolavhani taqdim etdi. Biroq, Belarus Respublikasi tomonidan Polshaga noqonuniy kirishga urinishlar boshqa hududlar orqali oz bo‘lsa-da davom etayotgani xabar qilinmoqda.
Juma kuni Polsha 21 noyabrdan boshlab Kuznitsa temir yo‘l nazorat punktida Belarus bilan aloqani to‘xtatmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, Minsk o‘n kun avval Polsha tashabbusi bilan yopilgan Bruzgi-Kuznitsa nazorat-o‘tkazish punkti ishini tiklamoqchi.
Hozirda Belarus-Polsha chegarasida joylashgan chet elliklarning aksariyati isitiladigan transport-logistika markaziga joylashtirilgan, qolganlari 18 noyabr kuni Minskdan Iroqqa evakuatsiya reysi bilan uchib ketishgan.
Markazda turgan aholi suv va issiq ovqat bilan ta’minlanmoqda. Shuningdek, migrantlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Yevropa Kengashining Inson huquqlari bo‘yicha komissari Dunya Miyatovichning aytishicha, “xalqaro gumanitar tashkilotlar chegara bo‘yidagi hududlarga to‘siqlarsiz, zudlik bilan yordamga muhtoj bo‘lganlarga yetishi kerak”.