Bemorlardan rahbarlar hol so‘radi

Yaqinda Paxtachi tumanida o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar natijasida to‘shakda yotib qolgan bemorlar, o‘zgalar yordamiga muhtoj va yakka-yolg‘iz keksalar aniqlangan edi. Ularning 30 nafariga nogironlik aravachalari topshirildi.

- Og‘ir kasallik tufayli bir necha yildan buyon to‘shakda yotib qolgan edim, - deydi tumandagi Bo‘ston mahallasida istiqomat qiluvchi 74 yoshli Turg‘untosh Oltiyeva. - Yaqinda viloyat va tuman shifoxonalaridan vrach-mutaxassislar uyimga kelib tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Bepul dori-darmon, zarur tibbiy maslahat bilan birga davolanishim uchun cog‘lomlashtirish maskaniga yo‘llanma ham berishgan edi. Bugun esa aravacha taqdim etishdi.

Tumandagi sektorlar rahbarlari nogironligi bo‘lgan shaxslardan hol so‘rab, ularga homiylik yordami ko‘rsatdi.

Dilmurod TO‘XTAYEV.