Berlinda namoyishchilar ommaviy hibsga olindi, Syurixda politsiya rezina o‘qlardan foydalandi

Berlinda politsiyachilar 1 may namoyishi ishtirokchilarini maxsus texnika yordamida ommaviy hibsga olindi, deya xabar berdi shahar politsiyasi Twitterda.

RIA Novosti bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari namoyishchilarning bir qismini sanitariya talablarini buzgani uchun kolonnadan chiqargach, "ishtirokchilarning aksariyati chekka ko‘chalarga chiqishdi, ayrim guruhlar politsiyaga tosh va shisha uloqtira boshladi".

Shuningdek, namoyishchilar bir nechta petardlarni portlatishdi, chiqindi qutilari va yog‘och palletlarni yoqishdi.

Politsiyaning bildirishicha, uch nafar zobit yaralangan. Namoyishchilarning tajovuzkor harakatlaridan so‘ng tashkilotchilar tadbirni to‘xtatishgan.

Jabrlanganlar va hibsga olinganlarning umumiy soni aniqlanmoqda.

Shuningdek, Syurix politsiyasi uyushmagan mitingni tarqatish paytida namoyishchilarga qarshi rezina o‘q otgan.

Ta’kidlanishicha, Syurixda shanba kuni ertalab kelishilgan yetti «Mehnat kuni» namoyishi bo‘lib o‘tdi. Biroq tushdan keyin shahar maydonlaridan birini bir necha yuz namoyishchilar egallab olishdi va turli tumanlarga ko‘chib o‘ta boshladi. Xabarlarga ko‘ra, politsiya barcha yurishlarni to‘xtatgan.