Beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (foto)

Telegram kanallarida Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi joyidan olingan fotosuratlar tarqalmoqda. Ushbu holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

14 yanvar kuni soat 22:50 da Lutfiy va Farhod ko‘chalari kesishgan joyda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida 102 raqamiga xabar kelib tushgan. “Cobalt” rusumli avtomobil haydovchisi (01 Y 050 KA), 37 yoshli T.Tohir taqiqlovchi chiroqda to‘xtab turgan bir nechta avtomobil bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv xususan 26 yoshli Shoxrux N. boshqaruvidagi “Matiz” (davlat raqami 60 G 354 MA); 29 yoshli Rustam X. boshqaruvidagi “Spark” (davlat raqami 01 N 166 VA); 28 yoshli Bekzod I. Boshqaruvidagi “Matiz” (davlat raqami 01 L 152 QA); shuningdek, 28 yoshli Hakimjon Ya. boshqaruvidagi “Nexia-3” (davlat raqami 01 383 XFA) avtomobillari bilan sodir bo‘lgan.

Baxtsiz hodisa oqibatida “Cobalt” rusumli avtomobil haydovchisi, “Matiz” rusumli avtomobil haydovchisi va uning yo‘lovchisi 26 yoshli Sh.N., shuningdek, “Matiz” avtomobili yo‘lovchisi 26 yoshli A.J. turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

“Cobalt” avtomobili taqiqlangan svetofor oldida to‘xtagan avtomobillar bilan to‘qnashuv sodir etganligining sabablari aniqlanmoqda.