Bir kunda 310 nafar abituriyent test sinovlariga kirmadi, 5 nafari imtihondan chetlatildi

Samarqand shahridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning yo‘nalishlar kesimida ikki navbatda test sinovlaridan o‘tayotgani haqida xabar qilgan edik.

Bugun kunning birinchi yarmida 224 nafar abituriyent imtihonga kelmagani va  4 nafar abituriyent noto‘g‘ri xatti-harakati uchun test jarayonidan chetlatilgani haqida saytimizda e’lon qilindi.

Test sinovining ikkinchi navbatida ham imtihonga qatnashishi rejalashtirilgan 3060 nafar abituriyentning 86 nafari jarayonda ishtirok etmadi. 1 nafar abituriyent esa bino ichkarisida telefondan yashirincha foydalangani uchun imtihondan chetlatildi.