Birinchi bo‘lib yer sharini kim aylanib chiqqan?

Geografiya darslarida Yer sharini birinchi aylanib chiqqan sayyoh portugal va ispan dengiz suzuvchisi Fernan Magellan ekani qulog‘imizga quyiladi. Aslida bunday emas.

Ha, aslida voqea mana bunday bo‘lgan.
Yevropa qirg‘oqlaridan yo‘lga chiqqan Magellanning “Trinidad”, “San-Antonio”, “Konsepson”, “Viktoriya” va “Santyago” nomli kemalari Atlantikani kesib, Antarktida va Janubiy Amerika o‘rtasidagi ko‘rfazlardan suzib o‘tadi va Tinch okeaniga chiqadi. Ekspeditsiya Tinch okeanida uch oy daydib yurib, nihoyat Filippin orollariga yetib boradi. U yerda yovuz tub aholi sayohatchilarni o‘ldiradi. Mo‘’jiza bilan omon qolgan Magellan flotining yagona kemasi - “Viktoriya” dunyo bo‘ylab suzishni Fernansiz amalga oshiradi.
Demak, Yer shari bo‘ylab birinchi sayohatni amalga oshirgan deb “Viktoriya” kapitanini, ya’ni Xuan Sebastyan Elkanona hisoblash kerak. U ekspeditsiya ishtirokchilaridan tirik qolganlarni kemaga eson-omon yurtiga qaytarib kelgan. Ekspeditsiya tarkibida sayohatga chiqqan 270 kishidan atigi 18 kishi tirik qolgan. Magellandan boshqa, ularni hammasini dunyo bo‘ylab birinchi sayohatchilar, deb atash adolatdan bo‘ladi.

Xatarli sinov
1952 yilda 28 yashar fransuz vrachi Alen Bombar o‘zini okeanda halokatga uchragan kema yo‘lovchisi o‘rniga qo‘yib, u qanday ahvolga tushishini o‘z boshida sinab ko‘rishga qaror qildi. U rezina qayiqda safarga otlandi, 4400 kilometrni suzib o‘tdi. Butunlay jismoniy holdan toydi, 25 kilogramm ozib ketdi.

Bombar davrida har yili kema halokatida 200 ming kishi halok bo‘lardi. Hatto qutqarib qolinganlarining 90 foizi birinchi uch kun ichida jon berardi. Sinovni boshidan o‘tkazgan Bombar shunday xulosaga keldi:
“Halokatga uchraganlarni tirik qolishida axloqiy omil muhim rol o‘ynar ekan: suvsiz sakkiz kungacha, ovqatsiz o‘ttiz kungacha yashash mumkin, - deydi u. - Bu mustahkam iroda, katta jasorat va yashashga kuchli ishtiyoqni talab qiladi. Halokatga uchraganlarni dahshatli qo‘rquv hisi o‘ldirar ekan”.

T.Shomurodov tayyorladi.