Birinchi chorakda O‘zbekistonga 1,4 million sayyoh keldi

Davlatimiz rahbarining e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi tufayli turizm sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotidagi asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda. Xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida 2019 yilning birinchi choragida yangi turistik tashkilotlarning soni 111 taga ko‘paydi. 

Bu haqda poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida tashkil etilgan “O‘zbekiston – sayyohlik biznesi uchun yangi imkoniyatlar” mavzusidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

– 2018 yilda 2017 yilga nisbatan O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni ikki baravar ko‘paydi, – deydi O‘zbekiston Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi (AChTO) raisi Gulchehra Isroilova. – Agar 2017 yilda O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolar soni 2,7 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda ularning umumiy soni 5,3 million kishidan oshdi. Uzoq chet mamlakatlardan kelayotgan sayyohlarning eng ko‘p o‘sishi AQShda kuzatilgan. Bu davlatdan O‘zbekistonga kelgan fuqarolarning soni 8 baravar oshdi. Bundan tashqari, Janubi-Sharqiy Osiyodagi aholining yurtimizga bo‘lgan qiziqishini kuzatish quvonarli. Indoneziya va malayziyalik sayyohlar O‘zbekistonni ziyorat turizmiga umid beruvchi mamlakat deb hisoblaydi.

2019 yilning birinchi choragida mamlakatimizda 1,4 millionga yaqin sayyoh kelgan. O‘sish sur’atlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 972,3 ming kishiga ortgan.

Ushbu tendensiyalar va miqdoriy ko‘rsatkichlar turizm infratuzilmasi ob’yektlarining rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Misol uchun, birinchi chorakda yangi 40 ta turar joy ob’yekti foydalanishga topshirildi.

Umuman olganda, sohaga qaratilgan e’tibor turizm sohasini jadal rivojlantirish va uning infratuzilmasini shakllantirish, hududlarni diversifikatsiya qilish, aholining turmush darajasini yuksaltirish va xalqaro maydonda mamlakatning obro‘sini va investitsion jozibadorligini oshirishga yo‘naltirilgan.

Xurshid Qodirov, O‘zA.