Birinchi marta: Jomboyda sektor rahbarlari insho yozdi

Jomboyda davlat fuqarolik xizmati xodimlari o‘rtasida o‘ziga xos tanlov o‘tkazildi.

Xodimlarning bilim saviyasini oshirish, dunyoqarashi va ijodiy fikrlash qobiliyatini kengaytirish maqsadida o‘tkazilgan tanlovda ishtirokchilar belgilangan mavzuda insho yozdi.

E’tiborlisi, mazkur tanlovda tuman hokimi, sektor rahbarlari korxona, tashkilot xodimlari bilan birga ishtirok etdi.

Tumandagi 23-umumta’lim maktabida tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilardan Vatan istiqboli va inson qadri bo‘yicha mulohazalarini bayon etish talab etildi.

"Shu kabi ma’rifiy tadbirlar muntazam o‘tkazib borilishi hamda boshqa tashkilot xodimlarini ham qamrab olinishi rejalashtirilgan", deya xabar bergan tuman hokimligi axborot xizmatidan mazkur insho tanlovi natijalarini ham kutib qolamiz.