Bishkek shahar sudi Atambayevni 26 avgustgacha hibsda qoldirdi

Bishkek shahar sudi Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni 26 avgustgacha hibsda olib qoldi. Bu haqda RIA Novostiga uning himoyachisi Sergey Slesarev xabar berdi.

Dastlab, 8 avgust kuni poytaxtning Pervomayskiy tuman sudi sobiq davlat rahbarini Milliy xavfsizlik Davlat qo‘mitasining vaqtinchalik hibsda ushlash tergov izolyatoriga 26 avgustgacha joylashtirgan edi. Atambayevning advokati Sergey Slesarev seshanba kuni ushbu qaror ustidan yuqori instansiyalarga – Bishkek shahar sudiga shikoyat arizasi bilan murojat qilgandi. Juma kuni shahar sudi kollegiyasi Milliy xavfsizlik Davlat qo‘mitasi binosida majlis o‘tkazdi.

“Sobiq prezidentga nisbatan ehtiyot chorasi o‘zgartirilmasdan qoldirildi. U 26 avgustgacha hibsda qoldi. Biz navbatdagi bu qarorni ham noqonuniy deb hisoblaymiz”, - himoyachi bayonot berdi.