Bitiruvchilar uchun bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “Mehnat yarmarkasi - 2022” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlashga qaratilgan mazkur tadbirda viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 30 ga yaqin korxona va tashkilot bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
- Korxonamizga ishga kelayotgan bitiruvchi yoshlar zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha puxta bilimga ega bo‘lishlari kerak, - deydi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Samarqand filiali direktori To‘lqinjon Sultonov. - Bugun 20 nafarga yaqin talaba bilan alohida suhbatlashib oldik. Ularni sinov muddati bilan 3 oylik shartnoma asosida ishga qabul qilishga tayyormiz.
Abdug‘afur Hotamov.