Blinken: "AQSh Xitoy bilan qarama qarshi turmoqchi emas"
- 20.06.2023 14:21
- 48
- Xorij
"RIA Novosti"ga ko‘ra AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashuvda Amerika Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishini va Xitoy bilan ziddiyatga kirishmasligini aytgan.
U shuningdek, AQSh Xitoy bilan yangi sovuq urush uyushtirish niyatida emasligini bildirgan. Blinkenning aniqlik kiritishicha, Vashington Pekin tizimini o‘zgartirmoqchi emas.
"AQSh yangi sovuq urushi va Xitoy tizimini o‘zgartirishga, ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash orqali Xitoyga qarshi turishga intilmayapti", degan Blinken.
Amerika diplomatiyasi rahbari va Xitoy rahbari o‘rtasidagi uchrashuv 35 daqiqa davom etgan.
O‘z navbatida Si Szinpin Blinken bilan suhbatga izoh berdi va amerikalik siyosatchining tashrifi natijalarini “juda yaxshi” deya baholadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Suvalmagan qabr
- 38 daqiqa avval
- Mutolaa
Nobel mukofoti sovrindorlari haqida kitob nashr etildi
- 47 daqiqa avval
- Ta’lim
Xo‘ja Ismoilmi yoki Imom Al-Buxoriy?
- Bugun, 16:16
- Mutolaa