BMT Bosh kotibi barcha davlatlarni COVID-19 ga qarshi kurashda JSSTni qo‘llashga chaqirdi
BMT Bosh kotibi Antoniu Gutteresh barcha a’zo davlatlarni koronavirus pandemiyasi bilan kurash olib borishda tashkilotni, shu jumladan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Bu haqda 15 sentyabr kuni RIA Novosti nashri xabar berdi.
“Men, yuzaga kelayotgan muammolar bilan kurash olib borishda, shu jumladan, sog‘liqni saqlash tizimida kuzatilayotgan inqirozga qarshi turish uchun barcha a’zo davlatlarni bir-birini va BMT tizimini qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman. Men COVID-19 ga qarshi kurash olib borish uchun JSST a’zo davlatlarning qo‘llashiga muhtoj ekanligini aniq ta’kidlab o‘tdim”, dedi Guterresh RIA Novosti bilan bo‘lgan suhbatda.
Bir muddat ilgari AQSh davlat departamenti, mamlakat 2021 yilning iyul oyida JSST a’zoligidan chiqishini ma’lum qildi. Davlat departamentining rasmiy vakili Morgan Ortagusning so‘zlariga ko‘ra, JSST nafaqat COVID-19 pandemiyasi davrida xatoliklarga yo‘l qo‘ygan, balki boshqa favqulodda vaziyatlarda ham kamchiliklarga yo‘l quygan. O‘n yillar davomida islohotlar o‘tkazmagan. Shu bilan birga, Xitoy kommunistik partiyasidan mustaqil ekanligini ko‘rsatib bera olmagan.