BMT dunyoga xavf solayotgan ocharchilik haqida ogohlantirdi

Birlashgan millatlar tashkilotining oziq-ovqat ta’minoti dasturi ijrochi direktori Devid Bizli agar oziq-ovqat ta’minoti xavfsizligi choralari ko‘rilmasa, koronavirus pandemiyasi oqibatlari dunyo bo‘ylab ommaviy ocharchiliklarga olib kelishi mumkin ekanligi haqida ogohlantirdi.

“Agar hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rmasak va harakat qilishni boshlamasak, biz bir necha oydan so‘ng muqaddas kitoblarda ta’riflangan ocharchilikka duch kelamiz”, deya tashkilot (BMT) saytida uning so‘zlari keltirilgan.

Buning oldini olish uchun Bizli bir qator takliflar kiritdi. U qurolli harakatlar olib borayotganlardan insonparvarlik yordami ortilgan yuklarni hududlardan xavfsiz o‘tib ketishini ta’minlanishini so‘radi. Shuningdek, yuklarning dunyo bo‘ylab harakatlanishini ta’minlaydigan logistik tarmoqlar markazi tashkil etilishiga 350 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ zarur bo‘lishini ta’kidladi.

- Eng avvalo, bizga tinchlik kerak, qurolli to‘qnashuvlar to‘xtashi lozim, - dedi BMT oziq-ovqat ta’minoti dasturi rahbari.

Biroz ilgari BMT oziq-ovqat ta’minoti dasturi mutaxassislari 2020 yilning oxiriga borib dunyoda 130 millionga yaqin odamni ocharchilikka duchor bo‘lish ehtimoli yuqori ekanligini ta’kidlagan edi.