Bojxonachilar eksportyor korxonalarda bo‘lib, tadbirkorlar murojaatini o‘rgandi
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i Ya.Mirzarahimov boshchiligida bojxonachilar Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan uchrashdi.
Xususan, “ELXOLDING” va “DAKA-TEX” korxonalariga borib, ishlab chiqarish jarayoni, chet eldan import qilinayotgan xomashyolar, xorijga chiqarilayotgan tayyor eksport mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi. Tadbirkorlar bilan muloqot qilib, bojxona sohasi bo‘yicha muammolari bor-yo‘qligi, ularni qiynab kelayotgan masalalar bilan qiziqdi.
Bugungi kunda o‘quv laboratoriya jihozlari va elektr dvigatelli yuk mototsikllarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan “ELXOLDING” korxonasi o‘z ehtiyojlari uchun 2020 yilda Xitoy, Germaniya, Ukraina, Rossiya kabi davlatlardan 2 million 782 ming 663 AQSh dollari qiymatidagi xomashyo keltirgan. Olib kelingan tovarlar uchun korxonaga bojxona rasmiylashtiruvidan 2 milliard 210 million 408 ming AQSh dollari miqdorida bojxona imtiyozi berilgan.
Korxona yiliga 300 komplekt o‘quv laboratoriya jihozlari hamda 1500 dona yuk mototsikllari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozirda 230 nafar ishchi faoliyat olib bormoqda.
2020 yildan bugungi kunga qadar korxona tomonidan umumiy qiymati 38143 ming dollarlik 2,73 tonna mahsulot Belarus va Qozog‘iston davlatlariga eksport qilingan.
Shuningdek, korxona tomonidan joriy yilda 500 ta elektr dvigatelli yuk mototsikllari bozorga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv davomida tadbirkorlik sub’yektlariga bojxona sohasidan bir qator normativ hujjatlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha ham tushunchalar berib o‘tildi.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.