Boshqarma Cho‘ponotada fuqarolar tomonidan amalga oshirilayotgan qurilishlarning qonuniy ekanligini ma’lum qildi
Joriy yilning 22 sentyabrida Zarnews.uz saytida «Deputat muammoga e’tibor qaratdi. Mutasaddilarchi..” sarlavhasi bilan maqola e’lon qilindi. Unda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Badriddin Nasriyev Samarqand shahridagi Cho‘ponota massivida istiqomat qiluvchi fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan qurilayotgan noqonuniy qurilishlarga chek qo‘yish bo‘yicha qilayotgan murojaatlariga viloyat arxitektura-qurilish nazorat inspeksiyasi e’tiborsizlik bilan qarayotganligi ma’lum qilingan.
Deputat ko‘targan masalani viloyat qurilish bosh boshqarmasi ishchi guruhi joyiga borib o‘rgandi. Ma’lum bo‘lishicha, Cho‘ponota massivida qurilgan uy-joy qonuniy bo‘lib, tegishli kadastr hujjatlariga ega ekanligi aniqlandi.
Fuqaro Sh.Marupovaga Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 iyuldagi 461-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan “O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risida”gi murojaatlarini hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat bo‘yicha ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha Samarqand shahar komissiyasi a’zolarining ijobiy xulosalari berilgan. Shuni inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 6, 10, va 25-moddalariga asosan fuqaro Sharof Marupovga Rasadxona mahallasidagi 0.06 ga. yer maydonida joylashgan hovli joyga umrbod egalik qilish huquqi berilgan.
Viloyat qurilish bosh boshqarmasi ishchi guruhining o‘rganish xulosasi bo‘yicha detutat ko‘targan masala qonuniy ekanligini ma’lum qilamiz.
Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi.